Iste’molchida haqiqatda mavjud bo‘lgan qarzdorlik summasiga oydinlik kiritib berildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Bobokarvon ko‘chasida yashovchi B.D.ning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan uning xonadoniga nisbatan 1 445 000 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblayotganligi holatidan norozi bo‘lib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish davomida «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Qo‘qon filialiga so‘rov xati kiritildi va javob xati olindi. Shuningdek, iste’molchining ichimlik suvi iste’moli bo‘yicha to‘lov qog‘ozlari hamda xonadondagi mavjud suv hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida qayta hisob-kitob ishlari olib borildi. O‘rganishlarda iste’molchida haqiqatda qarzdorlik mavjudligi, lekin yuqoridagi da’vo qilingan qarzdorlik summasining 1 068 229 so‘mi asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Iste’molchiga bu haqda ma’lum qilinib, haqiqatda mavjud qarzdorlik summasini bartaraf qilishi lozimligi tushuntirildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment