Ikki fuqaro o‘rtasidagi ahdlashuv ortidan kelib chiqqan muammo bartaraf etildi

Ikki fuqaro o‘rtasidagi ahdlashuv ortidan kelib chiqqan muammo bartaraf etildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qo‘shtepa tumanida yashovchi A.I.ning shahar hududida joylashgan savdo do‘konini M.F. ismli shaxsga topshirish vaqtida do‘konga o‘z hisobidan yangi elektr hisoblagich o‘rnatish uchun sarflagan mablag‘ini va elektr ta’minoti uchun oldindan amalga oshirgan to‘lovlarini, shartlashilgan bo‘lsada, do‘konni qabul qilib olgan shaxs tomonidan qaytarib berilmayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Fuqaroga ko‘ra, u do‘konni M.F.ga topshirayotgan vaqtida u bilan yangitdan o‘rnatilgan zamonaviy elektr hisoblagich uchun o‘z yonidan to‘lagan 2 000 000 so‘m hamda elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov sifatida kiritgan 553 000 so‘m pul mablag‘larini qaytarib berishi yuzasidan og‘zaki kelishishgan. Lekin oradan bir necha oy o‘tishiga qaramasdan kelishuvning ikkinchi tomoni berilgan va’dani bajarmay kelganidan so‘ng ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib kelgan.

Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat asosida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borilishi jarayonida fuqaro tomonidan keltirilgan vajlarning asosligigi isbotini topdi. O‘rganish yakunlari bilan M.F. fuqaro A.I.ga jami 2 553 000 so‘m pul mablag‘ini qaytarib berib, muammoni bartaraf etilishiga erishildi.

Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment