Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi media tadbirlar rejasi asosida, Farg‘ona politexnika institutida, «Jamoatchilik nazoratini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni» mavzusida hududiy birlashma raisning talaba yoshlar bilan ochiq muloqotini o‘tkazdi. Tadbirda institut talablaridan tashqari, tizim yoshlari, Raqobat boshqarmasi mas’ullari, viloyatdagi NNTlar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda soha oid boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlarini ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunining o‘rni va ahamiyati hamda unda yoshlarning ishtiroki masalalariga qaratildi.
Post Comment