Hududiy birlashma kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Farg‘ona shahrida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman (shahar) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari raislari – kengash a’zolari hamda hududiy birlashma ijro etuvchi apparati xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Federatsiya kengashining 2024 yil 15 iyuldagi navbatdagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining joriy yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari, hududlarda amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, Federatsiya tashabbusi bilan tashkillanayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlarini amaldagi tartib qoidalar asosida o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi
Yig‘ilish doirasida hududiy birlashmaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoatchilik fondi tanlovida g‘olib deb topilgan «Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur» nomli loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan harajatlar hamda uni to‘laqonli amalga oshirish bo‘yicha rejalarning muhokamasi ham o‘tkazildi.
Post Comment