Iste’molchining pulini qaytarish ishlarini paysalga solinishi holati bartaraf qilindi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida Quvasoy shahar Polmon qishlog‘ida yashovchi M.X.ning Farg‘ona shahridagi dorixonadan sotib olingan dori vositasini sotuvchiga qaytargani, pulini qaytarib olish ishlari esa paysalga solib kelinayotganligi holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida sotuvchi bilan kelishilgan asoslarda mahsulotni qaytarib topshirgan bo‘lsada, pulini qaytarib berilishini so‘raganida «Bir-ikki kun ichida qilib beramiz» qabilida javob olganini qo‘shimcha qilib o‘tadi. Hududiy birlashma mutaxassisi murojaat asosida dorixona mas’uli bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik targ‘ibotini olib borishi jarayonida masala tezdagina yechim topib, iste’molchining 180 000 so‘m puli qaytarib berilishiga erishildi.
Faxriddin Boynazarov,
hududiy birlashma sektor boshlig‘i.
Post Comment