Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 21-maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi xodimlari ishtirokida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
«Barchamiz – iste’molchimiz» mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda mamlakatimizning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, sohaga oid yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan yurtimizda iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ta’lim muassasasi va shahar jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
Post Comment