Tibbiyot oliygohida moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot oliygohida moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli loyihasi doirasida seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda loyiha trenerlari: bosh boshqarma ijro apparati rahbari Raxmatjon Boboraximov va hududiy birlashma sektor boshlig‘i G‘ayrat Mamatkulovlar tomonidan talabalarga moliyaviy xizmatlarning kreditlar, omonatlar, valyuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari, plastik kartochkalardan foydalanish, sug‘urta, lizing, brokerlik, lombardlar faoliyatiga oid masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish, savodxon bo‘lishga chorlash bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishlardagi turli firibgarliklardan, kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ham berib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, unda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

* Loyiha O‘zbekiston Rezpublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan ajratilgan grant asosida amalga oshirilmoqda.

Post Comment