Moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

Moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona politexnika institutida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli loyihasi doirasida seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda loyiha trenerlari: bosh boshqarma ijro apparati rahbari Raxmatjon Boboraximov va hududiy birlashma sektor boshlig‘i G‘ayrat Mamatkulovlar tomonidan talabalarga moliyaviy xizmatlarning kreditlar, omonatlar, valyuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari, plastik kartochkalardan foydalanish, sug‘urta, lizing, brokerlik, lombardlar faoliyatiga oid masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish, savodxon bo‘lishga chorlash bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishlardagi turli firibgarliklardan, kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ham berib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir doirasida hududiy birlashmaning media tadbirlar rejasi asosida «Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni bilan berilgan huquq va imkoniyatlardan qay darajada foydalanilmoqda?» mavzusidagi ochiq muloqot ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, unda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

* Loyiha O‘zbekiston Rezpublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan ajratilgan grant asosida amalga oshirilmoqda.

Post Comment