Tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyati olib borayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid bo‘lgan turli mavzularda amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Farg‘ona shahar Bolalar shifoxonasida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Tadbirda dastlab mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikning shakllanishi, sohaga oid qonunlarda belgilab berilgan huquq va imkoniyatlardan foydalangan holda iste’molchilar ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va rivoj topishi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Federatsiyaning xalqaro aloqalari, shaxsning Federatsiya faoliyatida ishtirokining o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, uning yakunlariga ko‘ra tibbiyot muassasasi va Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment