Iste’molchi suyultirilgan uglevodorod gaz balloni bilan ta’minlandi

Iste’molchi suyultirilgan uglevodorod gaz balloni bilan ta’minlandi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumandagi «Nayman» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.Yu.ning Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi. Fuqaro murojaatida joriy yilning sentyabr oyidan buyon suyultirilgan gaz balloni olmaganligi ma’lum qilingan bo‘lib, o‘rganishda uning tomonidan keltirilgan vajlar tasdig‘ini topdi.

Murojaatni o‘rganish davomida tuman gaz idorasi mas’ullari bilan hamkorlikda iste’molchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2018 yildagi “Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 646-sonli qarori talablari asosida gaz balloni yetkazib berilishi ta’minlandi.

Husnidaxon Yakubova.
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi.

Post Comment