Nuqsoni mavjudligi da’vo qilingan mebellar to‘plami almashtirildi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Navoiy ko‘chasida yashovchi B.S.ning buyum bozori hududidan 10 350 000 so‘mga sotib olingan mebellar to‘plamining nuqsonli chiqqanligi va uni almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi mebellar to‘plamini Qumtepa buyum bozori hududida savdo faoliyatini olib borayotgan sotuvchidan xarid qilgan bo‘lib, mebel to‘plamida nuqson aniqlangandan so‘ng sotuvchiga bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilgan murojaatiga rad javobi olgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi o‘ziga sotilgan to‘plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan va mustaqil narxga ega bo‘lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to‘plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham o‘zining qonuniy talablarini qo‘yishi mumkin. Murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchiga mazkur talablar tushuntirildi va uni bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlardan ogohlantirildi. O‘rganish ishlari esa nuqsoni mavjudligi da’vo qilingan mebellar to‘plamini boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirilishi bilan yakun topdi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.
Post Comment