Hududiy birlashmaning grant loyihasi doirasida tashkillangan ko‘rik-tanlov o‘z yakuniga yetib bormoqda

Hududiy birlashmaning grant loyihasi doirasida tashkillangan ko‘rik-tanlov o‘z yakuniga yetib bormoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur» nomli grant loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Men moliyaviy savodxonman» videoroliklar ko‘rik-tanlovi Hakamlar hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tanlov tashkilotchisining uni tashkillash va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan axboroti tinglanib, tanlovga kelib tushgan videomateriallar hay’at a’zolari e’tiboriga havola qilindi. Tanlovga taqdim qilingan videomateriallar tanlov Nizomi talablari, shuningdek aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni keng targ‘ib qilish ishiga qo‘shadigan hissasi nuqtai nazarlaridan ko‘rib chiqilib baholandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha to‘liq axborot loyiha tashabbuskori tomonidan belgilangan kun va joyda keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilinadi.

Post Comment