Ishni kassasiya tartibida ko‘rib chiqqan sud fuqaro foydasiga hal qiluv qarori chiqardi

Ishni kassasiya tartibida ko‘rib chiqqan sud fuqaro foydasiga hal qiluv qarori chiqardi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro T.R.ning 2023 yilda Farg‘ona shahar markazidagi qurilish mollari bozori hududidan 18 200 000 so‘mga yo‘lg‘isht (bruschatka) sotib olganligi va ushbu yo‘lg‘ishtlarni o‘z xonadoniga o‘rnatgandan so‘ng bir oz vaqt o‘tib ranglari o‘zgarganligi va sifatsiz holga kelganligi, ushbu holat bo‘yicha sotuvchiga murojaat qilganda muammo bartaraf etilmaganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganilgan, ushbu holat bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilib, Marg‘ilon tumanlararo sudining tegishli qaroriga asosan iste’molchi foydasiga sotuvchidan 42 400 000 so‘m moddiy va 1 000 000 so‘m ma’naviy zararlarni undirilishi belgilangan edi.

Keyinchalik javobgar tomon sud qarori ustidan appelyasiya shikoyati taqdim etib, 2024-yilning 14-sentyabrida ishni sudda appelyasiya tartibida ko‘rilishi yakunlariga ko‘ra, sudning yuqoridagi qarori bekor qilingandi. Shundan so‘ng, Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudiga kassasiya tartibida shikoyat kiritilib, mazkur ish sud tomonidan 2025 yilning 6 martida ko‘rib chiqildi.

Ishni kassasiya tartibida ko‘rib chiqilishi yakunlari bilan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 14.09.2024 yildagi mazkur ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining fuqaro T.R. manfaatida javobgar «Feniks way» xususiy korxonasiga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talabi qisman qanoatlantirilishi, javobgardan da’vogar T.R. foydasiga 42 400 000 so‘m moddiy zarar, 3 000 000 so‘m ma’naviy zarar, jami 45 400 000 so‘m undirilishi yuzasidan yangi hal qiluv qarori qabul qilindi.

Mansurjon Toshkanov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment