Hududlarda «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Hududlarda «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» tadbirlari bo‘lib o‘tdi

«15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab Farg‘ona viloyatida turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borildi.

Marg‘ilon shahri

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shahardagi 1-umumta’lim maktabida yuqoridagi sanaga bag‘ishlab “Huquqini anglagan iste’molchi hamisha haq» nomi ostida davra suhbati tashkillandi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarning huquqiy savodxonligi hamda iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning naqadar muhimligi haqida iste’molchilarga ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Unda so‘z olgan Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi I.Abdurahimov kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan ma’ruzasi davomida iste’molchi sifatida huquqlarini bilish va to‘g‘ri anglab olish aholimiz uchun muhimligi to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini ham bildirib o‘tar ekan, tadbir ishtirokchilari bo‘lgan pedagog xodimlarni bu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirib o‘tdi.

Qo‘qon shahri

Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tadbirda «15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» xalqaro sanasining dunyo mamlakatlari aholisi – iste’molchilar uchun ahamiyati, uning vujudga kelishi va e’tirof etilishi, keyinchalik dunyo mamlakatlarida bu borada qonunchilik bazalarining shakllanishi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi davla mustaqilligini qo‘lga kiritgach, dastlab Konstitusiyaga tegishli normalarni kiritilishi, keyinchalik esa alohida qonun qabul qilinishi, qonun bilan iste’mol huquqlari himoyasini davlat tomonidan kafolatlanganligi kabi masalalarda so‘z bordi. Shuning bilan birgalikda, shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vakili bo‘lgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ajmiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Toshloq tumani

Tuman jamiyati tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Mahallalar uyushmasi kabi tashkilotlarda «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» mavzusida davra suhbatlari tashkillandi.

Tadbirlarda yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, taraqqiyoti va bugungi holati, sohaga oid qonunchilik bazasining shakllanishi kabi masalalarda so‘z bordi. Tadbir ishtirokchilariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Post Comment