Joylarda 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazildi

Joylarda 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatida Federatsiyaning hududiy ijro etuvchi apparatlari tashabbuslari bilan 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlab bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan:

Beshariq tumani

Tumandagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Yoshlar huquqiy savodxon bo‘lishi kerak” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirokchilarga dunyoda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va taraqqiyoti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilishi, dunyo mamlakatlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasida bu boradagi qonunchilikning shakllanishi, bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, o‘quvchi yoshlarni iste’molchilik bilimlarini olishga qiziqtirish, kundalik turmush jarayonida uchraydigan turli holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, kelgusida iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etish va yoshlarning huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimli iste’molchi hamisha haq” shiori ostida test sinovlari tarzida bellashuv tashkil qilindi. Bellashuv natijalarga ko‘ra yuqori natijaga erishgan o‘quvchi yoshlar tuman jamiyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bag‘dod tumani

Tuman jamiyati tomonidan ushbu sana arafasida tuman Axborot-kutubxona markazida, «Qorako‘l» mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida hamda 5-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida «iste’molchi» tushunchasi va «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» sanasining vujudga kelish tarixi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilishi, uning dunyo xalqlari uchun ahamiyati, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining shakllanishi va bugungi holati kabi masalalarda keng qamrovli tushuntirishlarni berishni ko‘zlagan tadbirlar tashkillandi. Tadbirlar doirasida ijtimoiy harakat faollariga tuman jamiyatining esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Farg‘ona shahri

Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan shahardagi 86-maxsus maktab internatida tashkillangan tadbir «Biz barchamiz iste’molchimiz» deb nomlanib, unda mazkur ta’lim muassasasi pedagog xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, taraqqiyoti va bugungi holati, sohaga oid qonunchilik bazasining shakllanishi kabi masalalarda so‘z bordi. Tadbir ishtirokchilariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Quva tumani

Tuman jamiyati mas’ullari yuqorida nomi zikr etilgan sana arafasida 58-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdilar. Mas’ullar o‘quvchilarga «iste’molchi» tushunchasining va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid tushunchalarning vujudga kelishi, uning xalqaro miqyosda tan olinishi ortidan dunyo mamlakatlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasida bu borada alohida qonunlar qabul qilinishi, iste’molchvilarning asosiy huquqlari va ularni amalaiyotda qo‘llash uchun zarur bo‘ladigan huquqiy bilim kabi masalalarda tushuntirishlar berib o‘tdilar. Shuningdek, Federatsiya tashabbusi bilan maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Men yosh iste’molchiman» 3 bosqichli respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilayotganligi aytib o‘tilib, uning tuman bosqichida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Post Comment

Sizga qiziqarli bo'lishi mumkin