Beshariqda targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda davom ettirilmoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan hududdagi ta’lim tizimi tashkilotlari xodimlar o‘rtasida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda. Tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida tashkillangan tadbir ham shular jumlasidandir.
“Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” mavzusi ostida o‘tkazilgan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta’lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub’ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutasaddilarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, uning yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Xamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment