Farg‘onada «Central Asia – 2025» xalqaro konferensiyasi start olmoqda
Joriy yilning 15-17 may kunlari shahrimizda «Central Asia – 2025″: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda interent va axborot-kutubxona resurslari» XVIII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat Axborot-kutubxona markazlari tashkilotchiligida o‘tadigan mazkur xalqaro konferensiya oldidan matbuot anjumani tashkillandi.
Anjumanda ta’kidlanishicha, 1999-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu Xalqaro konferensiya Markaziy Osiyo, MDH va xorijiy davlatlar kutubxonachilari, YuNESKO, Kutubxona assosiasiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA), Kutubxonalar uchun elektron axborot (EIFL), Yevroosiyo kutubxonalar Assambleyasi (BAE) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilgan.
Konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlisi 15-may kuni Farg‘ona davlat universitetida, uning sho‘’ba yig‘ilishlari, seminar-treninglar va mahorat darslari 16-17-may kunlari Farg‘ona viloyat Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya ishida 11 ta xorijiy davlatlardan 28 nafar mutaxassis va ekspertlarning, shuningdek mamlakatimizning 400 nafardan ortiq kutubxonachi mutaxassislari, arxivarius va muzey xodimlari, axborot kommunikasiya bo‘yicha mutaxassislarning ishtiroki kutilmoqda.
Post Comment