Bankomat «bermagan» bir million so‘m pul iste’molchining bank kartasiga qaytarild
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Sadda» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.O.ning bankomatdan 1 000 000 so‘m pulni naqdlashtirish jarayonida yuzaga kelgan muammo bo‘yicha qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.
Murojaatida iste’molchi joriy yilning 15-may kuni Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida joylashgan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga qarashli bankomat vositasida plastik kartochkasidan pul yechmoqchi bo‘lgani, avtomat tegishli buyruqlarni bajarib, plastik kartadan mablag‘ni yechib olgan bo‘lsada, naqd pulni chiqarib bermaganligini, muammoni o‘z kuchi bilan hal qilish bo‘yicha qilgan sa’y-harakatlari samara bermayotganligini ma’lum qiladi.
Ushbu holat yuzasidan murojaat kelib tushgan kunni o‘zida bankning tegishli hududda joylashgan bank xizmatlari markaziga so‘rov xati kiritilib, markazdan shu kunni o‘zidayoq javob xati olindi. Javob xatida ma’lum qilinishicha, bank mas’ullari tomonidan yuzaga kelgan holat yuzasidan «Yagona Umumrespublika Prosessing Markazi»ga belgilangan tartibda ariza kiritish yo‘li bilan muammoni hal qilinishi va pul mablag‘ini to‘lig‘icha iste’molchi bank kartasiga qaytarilishi ta’minlangan.
Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment