Umumta’lim maktablarining pedagog va texnik xodimlari ishtirokida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda

Umumta’lim maktablarining pedagog va texnik xodimlari ishtirokida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan o‘quv yili nihoyasida ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari shahardagi 20, 23, 24-umumta’lim maktablarida davom ettirildi. Tadbirlar umumta’lim maktablarining pedagog va texnik xodimlari ishtirokida, yuzma-yuz muloqot shaklida tashkillanmoqda.

Targ‘ibot tadbirlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, uning ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta’lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub’ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib borilmoqda.

Tadbirlar doirasida sohada mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishilmoqda.

Mansurjon Toshkanov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment