Nuqsonli muzlatgich yangisiga almashtirildi
Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Begobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.S.ning o‘tgan yili shartnoma bo‘yicha tovar qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilgan muzlatgichida keyinchalik nuqson aniqlangani va mas’ullar tomonidan bu nuqsonni bartaraf qilib berish ishlari choralari ko‘rilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, «Premier» rusumidagi muzlatich 2024 yilning may oyida iste’molchi R.S. hamda Texnomart savdo do‘konlari tarmog‘i hamkori «AXIOM PLAN OOO» o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida, muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan bo‘lib, maishiy texnikani xonadonga keltirib foydalanishi jarayonida uning ichki qismida nuqson (yoriq) paydo bo‘lgan hamda ushbu yoriq vaqt o‘tishi bilan kattalashib borgan. Muammoni sotuvchiga murojaat qilib bartaraf etilishiga erisha olmaganidan so‘ng Uchko‘prik tuman jamiyatiga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Iste’molchi murojaatini o‘rganilishi jarayonida holat bilan tanishilib, yuzaga kelgan muammo va uning qonuniy bartaraf etilishi chora-tadbirlarini ko‘rilishini so‘rab sotuvchiga so‘rov xati kiritildi. Sotuvchidan olingan javob xatida esa holat tashkilot mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganligi hamda nuqsonli ekanligi da’vo qilingan muzlatgich xuddi shu rusumdagi yangi muzlatgichga almashtirib berilganligi ma’lum qilindi.
Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment