Gaz taqsimlash qurilmasi nosozligi bilan bog‘liq muammo hal etildi

Gaz taqsimlash qurilmasi nosozligi bilan bog‘liq muammo hal etildi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «A.Zoxiriy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi U.Z.ning yashab turgan mahallalarida joylashgan gaz taqsimlash qurilmasi (GTQ) bilan bog‘liq muammo yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat yuzasidan shahar gaz ta’minoti idorasiga kiritilgan so‘rov xati asosida ishchi guruh tuzilib, gaz taqsimlash qurilmalarini mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va uning yakunlari yuzasidan tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O‘rganishda iste’molchi yashaydigan mahallaga o‘rnatilgan RD-32 rusumli gaz taqsimlash qurilmasi tabiiy gaz bosimiga yaroqsiz deb topilib, RDUK-50 rusumli gaz taqsimlash qurilmasi bilan almashtirildi hamda gaz bosimi sozlandi.

Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment