Targ‘ibot tadbirlari tibbiyot xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi

Targ‘ibot tadbirlari tibbiyot xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi

Xabar berib borayotganimizdek, Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi hududiy tashkilotlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalari ishchi xodimlari o‘rtasida, tizimli asosda, iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbirlari tizimli o‘tkazib borilmoqda.

Yozyovon tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 92-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtrokida o‘tkazilgan tadbir «Yuksak iste’mol madaniyati sari» deb nomlanib, unda poliklinika xodimlariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchilarning asosiy huquqlari, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi bilan fuqarolik huquqiy munosabatlarda turli tushunumovchilmik va nizolar kelib chiqqan holatlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat boshqaruvi idoralariga, shuningdek Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Toshloq tumani

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Xolmatobod oilaviy shifokorlik punktida tashkillangan targ‘ibot tadbiri «Iste’molchilar huquqlari doimo himoyada» deb nomlandi. Tadbir davomida poliklinika xodimlari bilan mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazorati, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning tutgan o‘rni va ahamiyati borasida fikr-mulohazalar almashilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Dang‘ara tumani

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tumandagi 26-oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtirokida «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» shiori ostida yuzma-yuz muloqot tashkilladilar. O‘tkazilgan tadbirda qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Post Comment