Marg‘ilon va Rishtondagi tibbiyot tashkilotlarida ham targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon va Rishtondagi tibbiyot tashkilotlarida ham targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidagi jamiyatlari tomonidan ham hududlaridagi sog‘liqni saqlash muassasalari ishchi xodimlari o‘rtasida iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yuzma-yuz muloqotlar shaklidagi targ‘ibot tadbirlari tizimli asoslarda o‘tkazib borilmoqda.

Marg‘ilon shahri

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shahar Tibbiyot birlashmasida tashkillangan tadbir “Internetdagi firibgarliklardan ogoh bo‘ling” mavzusiga bag‘ishlanib, unda ishtirok etgan shifokor va hamshiralarga internetdan foydalanish jarayonida duch kelinishi mumkin bo‘lgan holatlar, xususan feyk xabarlar, spamlar va fishing, bank plastik kartochkalaridan pullarni noqonuniy yechib olish holatlari bilan bog‘liq moliyaviy firibgarliklar, ularni qanday farqlab olish kabi masalalarda tushuntirishlar berib o‘tildi.

Rishton tumani

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Tibbiyot birlashmasi ishchi xodimlari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik, qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Yuqoridagi tadbirlar doirasida tibbiyot sohasi tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining iste’molchilik sohasini tartibga solishga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalaridagi takliflari tinglandi hamda savollariga javoblar qaytarildi.

Post Comment