Iste’molchining muammosini to‘g‘ri tushungan sotuvchi masalani uning foydasiga hal qildi
Uchko‘prik tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «»Baytqo‘rg‘on» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi S.X.ning xarid qilingan bolalar uchun qo‘shimcha ozuqa mahsuloti (quruq sut)ni do‘kondan almashtirib olishida yuzaga kelayotgan muammo yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u maktabning yuqori sinfida o‘qiydigan jiyanini uyi yaqinidagi «A…» savdo do‘konidan bolalar uchun mo‘ljallangan quruq sut mahsuloti olib kelishga jo‘natgan. Lekin olib kelingan mahsulot jiyanga tayinlangan va bola doimiy iste’mol qilib kelayotgan tovar markasida emas, balki boshqasidan bo‘lganligi uchun u ushbu mahsulotni ko‘tarib do‘konga keladi va sotuvchidan uni bolasi o‘rgangan markadagi quruq sut mahsulotiga almashtirib berishini so‘raydi. Tomonlar murosaga kela olmagach iste’molchi tuman jamiyatiga bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qiladi.
Murojaatni o‘rganish doirasida sotuvchi bilan uchrashilib, unga yuzaga kelgan holat bo‘yicha tushuntirishlar berilgach, sotuvchi iste’molchining qo‘lidagi quruq sut mahsulotini uning talabidagi nom va markada bo‘lgan suti mahsulotiga almashtirib berib, muammoni bartaraf qildi.
Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment