Iste’molchilar huquqlarini sud tartibida himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Iste’molchilar huquqlarini sud tartibida himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashma tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat sudi ko‘magida hamda Raqobat boshqarmasi va O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarida Fuqarolik sudlariga da’vo arizalari kiritish” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida o‘tgan mazkur tadbirda FIB viloyat sudi sud’yasi N.Egamov hamda FIB Farg‘ona tumanlararo sudi raisi U.Oripovlar tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga kelib tushayotgan murojaatlar, ularni ko‘rib chiqilishi natijalari hamda fuqarolar, shuningdek iste’molchilarning jamoat birlashmalari tomonidan sudlarga da’vo arizalari tayyorlanishi va kiritilishida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar hamda hujjatlarni to‘g‘ri va talab darajasida tayyorlanishi yuzasidan tavsiya, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Tadbirda so‘z olgan Raqobat boshqarmasi boshliq o‘rinbosari N.Yusupov boshqarmaning iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash hamda sudlarga da’vo arizalari kiritish yuzasidan ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir doirasida O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi, Federatsiyaning viloyatdagi tuman (shahar) ajmiyatlari mas’ullarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra tomonlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini hayotga keng joriy qilish, iste’molchilar huquq va manfaatlarini ihmoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish ishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va yaqindan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Post Comment