Sud iste’molchidan ortiqcha undirilgan mablag‘ summasini unga qaytarilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi

Sud iste’molchidan ortiqcha undirilgan mablag‘ summasini unga qaytarilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi

Marg‘ilon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning M.Xofiz ko‘chasida yashovchi iste’molchi X.K.ning manfaatini ko‘zlab, undan suv ta’minoti korxonasi asossiz ravishda ortiqcha undirgan 1 200 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ni qaytarilishini so‘rab, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sudda X.K.ning xonadonida o‘rnatilgan suv hisoblagich uskunasi ko‘rsatkichi 238 metr kub bo‘lgani holda, suv ta’minoti korxonasi xodimi bazaga noto‘g‘ri ma’lumot taqdim qilishi ortidan, iste’molchidan hisoblagichning 693 metr kubiga qadar yoki 1 200 000 so‘m miqdorida ortiqcha to‘lov undirib olingani holatiga aniqlik kiritildi hamda bu holatni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganib chiqildi.

Ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud da’vo talabini asosli deb topdi va javobgar «Farg‘ona suv ta’minoti» AJdan iste’molchi X.K. foydasiga 1 200 000 so‘m hamda 37 500 so‘m pochta harajatlarini undirish, davlat boji summasini esa davlat daromadiga undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment