O‘rganishlar fuqaroga hisoblangan qarzdorlikning yarmi asossizligini ko‘rsatdi

O‘rganishlar fuqaroga hisoblangan qarzdorlikning yarmi asossizligini ko‘rsatdi

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatida tuman prokurorining navbatdagi sayyor qabulida «Bo‘jay» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O.I.ning yashash hududlariga chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Agro Rishton ta’mir servis” MChJ tomonidan hisoblangan 1 200 000 so‘m qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganuv davomida fuqaro O.I. xonadoniga “Toza makon” billing dasturida hisob raqami ochilganligi, xonadonda yashovchilar soni esa 9 nafar qilib kiritilganligi, fuqaro xonadoniga borilganida aslida bugungi kun holatiga xonadonda 4 nafar fuqaro yashayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan dalolatnoma tuzilib, “Agro Rishton ta’mir servis” MChJga taqdim qilindi.

Xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan dastur bo‘yicha qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, fuqaroga hisoblangan 1 200 000 so‘m qarzdorlikning 686 300 so‘mi asossiz deb topildi va dasturdan chiqarildi. Qarzdorlikning qolgan 513 700 so‘mi shu kuning o‘zida fuqaro O.I. tomonidan bartaraf etilgach, unga murojaatni o‘rganish ishlari yakunlanishi kuni holatiga chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlaridan 7 960 so‘m haqdorligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilindi.

Husniddin Latipov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment