Yana bir nizoli masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi

Yana bir nizoli masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi

Federatsiyaning hududiy tashkilotlari tomonidan iste’molchilar murojaatlarini o‘rganish davomida sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qonun talablarining to‘laqonli ijrosi ta’minlamagan holatlarda va shu kabi boshqa nizoli masalalarda sud idoralariga da’vo arizalari kiritib, iste’molchilarning huquq va manfaatlari himoyasi ta’minlab kelinmoqda. Birgina Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida sudlarga 9 ta da’vo ariazalari kiritilib, iste’molchilar foydasiga 368 mln 200 ming so‘m moddiy va ma’naviy zararlar undirildi.

Shu kunlarda Marg‘ilon shahar jamiyati tomonidan yana bir nizoli masalada sudga da’vo arizasi kiritilgan edi. Unda iste’molchi S.M. manfaatini ko‘zlab, Farg‘ona shahridagi u yashab kelgan yashash maydoni 26,84 kv.m. va umumiy maydoni 46,66 kv.m. bo‘lgan ko‘p qavatli uy o‘rniga boshqa xususiy qurilish tashkiloti tomonidan qurilgan yangi ko‘p qavatli uydan unga ikki xonali xonadonni ajratib berilishi hamda yangi uy qurilishi davomida u boshqa joyda ijarada yashab kelganligi bois, kelishuvga muvofiq ijara summasini undirib berish masalalari kiritilgan edi.

Ishni sudda ko‘rib chiqilishi yakunlari bilan sud da’vo arizasini qisman qanoatlantirish, javobgar «I. M. S. H.» MChJga iste’molchi yashab kelgan xonadon o‘rniga qurilayotgan ko‘p qavatli uyning ikki xonali xonadoni 5 kv.m. qo‘shilgan holda da’vogar S.M.ga yetkazib berilishini notarial tartibda rasmiylashtirilishi va da’vogarga topshirilishi majburiyatlarini yuklab qaror qabul qildi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment