Yer uchastkasi davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan mulkdorga nisbatan chiqindi to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikka oydinlik kiritildi
Qo‘qon shahrida yashovchi M.I. o‘zi va oila a’zolari ro‘yxatda turib yashab kelgan xonadon 2025 yilning yoz oylarida tegishli tartibda davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan va buzilgan bo‘lsada unga ushbu xonadon joylashgan manzil bo‘yicha chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlaridan 223 000 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblanganligi holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat Federatsiyaning Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, unda ko‘rsatilgan manzilda joylashgan yer uchastkasi, haqiqatda ham, 2025-yilning 16-iyunida Qo‘qon shahar hokimligi va mulk egasi fuqaro M.I. o‘rtasida notarial tartibda imzolangan Kelishuv bitimiga ko‘ra «Er uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida davlat ixtiyoriga olinganligi va mulkni bozor narxida baholash yo‘li bilan kompensasiya to‘lab berilishi belgilanganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududga chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Vodiy maxsus sanitar trans» MChJ mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda esa fuqaro M.I. oilasi bilan yashab kelgan mazkur xonadonning qattiq va maishiy chiqindi to‘lovlari to‘liq to‘lanmasdan, 2025 yilning fevral oyidan xonadon bo‘shatib berilgan iyul oyiga qadar bo‘lgan davr uchun 185 000 so‘m qarzdorlik qolib ketganligi qayd qilindi. O‘rganish yakunlari bilan fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari va qarzdorlikni to‘lash lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.
Post Comment