Ismad iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asosiy mazmun-mohiyatini o‘rganib oldi
Bosh qahramonimiz bir-ikki oy davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslariga oid adabiyotlarni astoydil o‘qib o‘zlashtirdi. Buning uchun u lex.uz saytidagi qonun matni bilan yaqindan tanishdi. Qonun moddalari sharhiga oid adabiyotlarni topib o‘qidi, Raqobat qo‘mitasi hamda Iste’molchilar federatsiyasi saytlaridagi iste’molchilar murojaatlari, ular duch kelgan vaziyatlar va ularni hal qilinishi bilan bog‘liq hayotiy holatlarni o‘rgandi. Yangiliklardan bexabar qolmaslik uchun ushbu tashkilotlarning telegram kanallariga obuna bo‘lib qo‘ydi.
«Aha, endi bilimlarni tajribada qo‘llab ko‘rish kerak», – dedi u va ko‘chaga chiqishga shaylandi.
Post Comment