ISMAD – “ISTE’MOL MADANIYATI” TARG‘IBOTCHISI

ISMAD – “ISTE’MOL MADANIYATI” TARG‘IBOTCHISI

Endi bizning doimiy bosh qahramonimiz bor. Biz bu yigitchaga Ismad ismini tanladik. Bu odamlarning odatiy ismi emas, balki «iste’mol madaniyati» so‘zlaridan qisqartirib olingan ismdir. Demak, bu yigitcha kundalik turmush jarayonida iste’mol sohasiga oid turli holatlarga duch kelar ekan, o‘ziga o‘zi savollar beradi, muammoga yechim qidiradi, o‘rni kelganda tengqurlariga maslahatlar beradi. Bir so‘z bilan aytganda, Ismad – iste’mol madaniyati targ‘ibotchisidir.

Ismadning kelgusi sarguzashtlarini kuzatib boring va uning yordamida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini o‘zlashtiring.

Post Comment