Iste’molchini noqulay holatga solib qo‘ygan shartnoma bekor qilindi
Marg‘ilon shahrining Zuhro ko‘chasida yashovchi U.A. xonadoni ichimlik suvi tarmog‘iga suv filtri o‘rnattirganidan bir kun o‘tmasdan unga reklama qilib o‘tkazilgan uskuna aytilganidan pastroq quvvatli modeldagisi ekanligi, sotuvda bu kabi modeldagi uskunalar naqd pulga u bo‘lib to‘lash shartlarida o‘rnattirgan uskuna narxiga qaraganda ikki barobarga arzonligini bilgach sotuvchi tomoni mas’ullariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z e’tirozlarini bildirgan va shartnomani bekor qilish talabini qo‘ygan. Sotuvchi tomoni esa shartnomani bekor qilishga roziliklarini, uskunani yechib olib ketishlarini, lekin buning uchun u 3 000 000 so‘m to‘lov qilishi kerakligini ma’lum qilishadi. Shundan so‘ng iste’molchi Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyatiga ariza bilan murojaat qiladi.
Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari hamda «A. w.» MChJ vakili ishtirokida o‘rganilishi jarayonida iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida iste’molchi qo‘shimcha qilishicha, uskunani bo‘lib to‘lash shartlarida rasmiylashtirish ishlari ham onlayn usulda amalga oshirilgan va unga shartnoma bilan to‘laqonli tanishib chiqish imkoniyati ham yaratib berilmagan. O‘rganish ishlari doirasida sotuvchi tomoni qiymati 15 500 000 so‘m bo‘lgan, to‘lov usuli bo‘lib to‘lash shaklida bo‘lgan shartnomani hech qanday shartlarsiz bekor qilishga kelishib, u bekor qilinishi va uskuna yechib olinganligi holatini tasdiqlab dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.
Post Comment