Toshloqda yosh iste’molchilar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Toshloqda yosh iste’molchilar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Amalda barchamiz iste’molchimiz, shu sababli ham iste’molchilik bilimlarini bolalarga yoshlikdan berilishi kerak bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan Toshloq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib bormoqdalar.

Tuman jamiyati tashabbusi bilan 22-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida «Men – yosh iste’molchiman» mavzusida davra suhbati shaklidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi yoshlarga mamlakatimizning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, qonunchilikning yoshlar bilishi muhim bo‘lgan jihatlari, iste’molchi sifatida muammolarga duch kelganda davlat idoralariga, shuningdek iste’molchilar jamoat birlashmalariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tildi.

Post Comment