Xodim uzr so‘ragani sababli iste’molchi arizasini qaytarib oldi

Xodim uzr so‘ragani sababli iste’molchi arizasini qaytarib oldi

Bugungi kunda bank muassasalarida mijozlar bilan ishlash borasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab xizmat turlari raqamlashtirilishi ortidan banklardagi uzoq navbatda turishlar va boshqa shu kabi ko‘ngilsiz holatlar kamaydi. Har bir bank muassasasi «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishga intilayotgani, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan o‘ziga xos siyosati va standartlarini ishlab chiqqanligi ham sir emas. Lekin xodim ham insonligini, o‘rni kelganda mijozga bilib yoki bilmasdan qo‘pollikka yo‘l qo‘yib qo‘yishi mumkinligini ham unutmaslik kerak.

Shunday holatlardan biri Marg‘ilon shahridagi bank muasasalaridan birida yuz bergan va xodimning qo‘pol muomalasidan ranjigan iste’molchi Z.Yo. Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldirgan.

Murojaatni shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat egasi ishtirokida o‘rganilishi ishlariga bank muassasasi rahbar va mas’ul xodimlari yaqindan hamkorlik qildilar. Muassasa xodimi M.O. boshqa mijozning ishini to‘liq nihoyasiga yetkazmasidan turib ikkinchi mijoz to‘lov qilishga shoshilgani holatida qo‘pollik bilan javob qaytarib yuborganligini tan oldi va ushbu holat uchun iste’molchi Z.Yo. dan uzr so‘radi. Uning murojaatiga bank muassasi ma’muriyatining ijobiy munosabatini va xodimning uzrini yetarli deb hisoblagan iste’molchi o‘rganish ishlaridan qoniqish hosil qilganligini va murojaat o‘rganilishini to‘xtatishni so‘rab qarshi ariza yozib berdi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment