Avtomaktabda yuzaga kelgan tushunmovchilik holatiga oydinlik kiritildi

Avtomaktabda yuzaga kelgan tushunmovchilik holatiga oydinlik kiritildi

Kundalik hayotda tez-tez shartnoma munosabatlariga kirishamiz. Shartnoma oldi-sotdi, ish bajarish, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida hoh og‘zaki shaklda bo‘lsin, hoh yozma unda har ikki tomonning huquq va majburiyatlari kelishib olinadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shartnomaga asosan ijrochi iste’molchiga muayyan miqdorda va maqbul sifatda ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladi. Tomonlardan birining shartnoma shartlarini to‘liq yoki qisman bajarmasligi esa shartnomaga oid huquqiy munosabatlarni izdan chiqarib, turli nizo va kelishmovchiliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Furqat tumanilik O.A. ham O‘zbekiston tumanida faoliyat olib boruvchi avtomaktabda o‘qib haydovchilik guvohnomasini olish uchun talab qilingan pul summasini to‘lagan, ya’ni shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq ado etgan, lekin o‘qish tugab imtihon payti kelgan vaqtda u guvohnoma olishga da’vogarlar ro‘yxatida chiqmagan. Bu esa shartnomaning ikkinchi tomoni o‘z majburiyatlarini to‘laqonli ado etmaganligini bildiradi. Shundan so‘ng u javobgarning hududiy joylashuvi bo‘yicha O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ushbu masalaga oydinlik kiritilib, qonuniy hal etib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat asosida avtomaktab ma’muriyatiga so‘rov xati kiritilib, o‘rganish ishlari davom ettirildi. Uning yakunlari bilan esa avtomaktab tomonidan iste’molchi bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik holatiga oydinlik kiritilib, uning qonuniy asoslarda hujjat olishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Dilshodbek Rassayev,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment