Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli asosda hududdagi ta’lim muassasalarida amaldagi qonunchilik targ‘iboti, shuning sohaga oid yangiliklar yuzasidan tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Tumandagi 59-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan targ‘ibot tadbirida amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan iste’molchilik sohasiga oid qabul qilingan so‘nggi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirda Federatsiya va uning hududiy organlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Post Comment