Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)larga eslatma: qonunda belgilangan muddatlarni o‘zingizcha talqin qilmang

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)larga eslatma: qonunda belgilangan muddatlarni o‘zingizcha talqin qilmang

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar ichida iste’molchilar tomonidan mahsulotlarda kafolat muddati ichida yuzaga kelgan turli nuqsonlarni bepul bartaraf etish yoki uni almashtirish talabi bilan sotuvchi (yoki ishlab chiqaruvchi vakili bo‘lgan servis markazlari)ga murojaat qilganlarida nuqsonlarni bartaraf etib berilishi yoki uni almashtirish muddatlarini turlicha, xususan «…kun ichida», «… kunlik muddatda» degan tushunchalarga «… ish …» jumlasini qo‘shib ularni «… ish kuni ichida», «… ish kuni muddatida» tarzida talqin qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi kuzatilmoqda.

Shu sababdan, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)larga eslatib o‘tamiz:

– «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda, xususan uning 14-moddasi («Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi»)da, 15-moddasi («Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi»)da «etti kunlik muddatda», «yigirma kun ichida», «yigirma kun ichida», «o‘n kun ichida» jumlalarida ish kunlari emas, balki kalendar kunlarni nazarda tutiladi. Ya’ni, 10 dekabr kuni nuqsonli tovarni ta’mirlash uchun qabul qilib olgan servis markazi uni 20 dekabrga qadar ta’mirlab iste’molchiga topshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi lozim.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) unutmang:

– tovar nuqsonli tovarni almashtirib berish, nuqsonlarini bepul bartaraf etish, ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanish uchun shunday tovarni berib turish va qonunda belgilangan boshqa shu kabi muddatlarni o‘tkazib yuborish o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun iste’molchi foydasiga tovar narxining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) hisoblanishiga sabab bo‘ladi.

Post Comment