Haqiqiyligiga shubha bildirilgan qimmatbaho taqinchoq almashtirildi

Haqiqiyligiga shubha bildirilgan qimmatbaho taqinchoq almashtirildi

Chakana savdo qoidalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni chakana sotishda buyumning nomi, qimmatbaho metall turi, asillik darajasi, qo‘shimchalarning turlari va xususiyatlari, shu jumladan qimmatbaho toshning sifat hamda rangi va qiymati xususiyatlarini o‘zgartirgan ishlov berish usuli, buyumning chakana narxi ko‘rsatilgan tamg‘alangan yorlig‘i bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa iste’molchini oldi-sotdi jarayonida aldanib qolmasligi, uni qonunchilik talabi bo‘lgan to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot bilan ta’minishini ko‘zda tutadigan normalardandir.

Yozyovon tumanilik N.S. tuman hududidagi bozordan zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan F.A.dan uning tomonidan belgilangan bahosi 2 612 000 so‘m bo‘lgan, quloqqa taqiladigan ziraklarni sotib olayotganda qonunchilikning ushbu talablari bajarilgan edimi? Bajarilgan bo‘lsa nega ziraklar boshqa mutaxassisga tekshirtirilganda ularning sifatiga e’tiroz va haqiqiyligiga shubha paydo bo‘ldi?

Ikki tomon murosaga kela olmagan mazkur muammo yuzasidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kiritilgan yozma murojaatni o‘rganilishi esa iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligini ko‘rsatdi. Sotuvchi yuzaga kelgan holatda o‘z xatosini tan olganligi va maqbul sifatda bo‘lmagan qimmatbaho taqinchoqni qaytarib olib, maqbul sifatdagisiga almashtirib berishi esa masalani iste’molchi foydasiga hal etilishi hamda uning huquqlari tiklanishiga olib keldi.

Ma’mura Umarova,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment