Tizimlar o‘rtasidagi axborot almashinuvidagi xatoliklardan iste’molchilar jabr chekmasligi kerak

Tizimlar o‘rtasidagi axborot almashinuvidagi xatoliklardan iste’molchilar jabr chekmasligi kerak

Ayrim iste’molchilarning chiqindi tashish xizmatlaridan real qarzdorliklari mavjudligini hamda mazkur qarzdorliklar iste’molchilar tomonidan bartaraf etilishi lozimligini inkor etmagan holda, chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanayotgan korxona bazasidagi, shuningdek elektr ta’minoti korxonasi bazasidagi ayrim chalkashliklar bugungi kunda chiqindi xizmatidan qarzdorligi bo‘lgan abonentlarni elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatish ishlarida turli tushunmovchiliklarni ham keltirib chiqarmoqda.

Bu kabi holatlar Dang‘ara tumanida yashovchi Q.O. va U.Z. larning tuman Prokuraturasiga qilgan murojaatlarini tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida ham kuzatildi. Xususan, o‘rganishda iste’molchi Q.O.ning elektr hisob raqami boshqa abonentga birikib qolganligi, chiqindi tashish xizmatlari bo‘yicha esa iste’molchi Toza makon elektron platformasi bo‘yicha 2026 yilning iyul oyigacha haqdorligi mavjudligi, iste’molchi U.Z.ning ham elektr hisob raqami ham boshqa abonentga birikib qolganligi, chiqindi tashish xizmatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi qayd qilinib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman Prokuraturasiga kiritildi.

Bu kabi holatlar iste’molchilar huquqlarining buzilishiga olib kelib, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi va hisob-kitob tizimini takomillashtirish, ma’lumotlar bazasini to‘liq va aniq yuritish zarurligini ko‘rsatib bermoqda.

Saidamir G‘ulomqodirov,
jamiyat raisi.

Post Comment