Xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchilik oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplab berildi

Xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchilik oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplab berildi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart. Agar ijchroi tomonidan shartnoma shartlarini ish (xizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan bo‘lsa, yoxud ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa iste’molchi nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shu tumanda yashovchi X.M.ning «S…» MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan operator ko‘magida o‘ziga qarashli bo‘lgan Damas avtomashinasiga 35 litr AI-92 benzini quyib, so‘ngra harakatni davom ettirganidan so‘ng, operatorning e’tiborsizligi tufayli benzobak qopqog‘i berkitilmasdan ochiq holda qoldirilishi oqibatida yoqilg‘i to‘kilishi natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplab berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman Ichki ishlar idorasiga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari davomida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan e’tiborsizlik oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zarar 177 000 so‘mni tashkil qilganligi qayd qilinib, yoqilg‘i quyish shoxobchasi mas’ullariga bu borada olib borilgan qonunchilik targ‘iboti va tushuntirish ishlari yakunlari bilan yetkazilgan zararni iste’molchi avtomashinasiga 15 litr AI-92 benzini quyib berilishi yo‘li bilan qoplab berilishiga erishildi.

Kamoliddin Shokirjonov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment