Mehnat jamoalarida turli shakllarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Mehnat jamoalarida turli shakllarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Federatsiyaning Toshloq hamda Farg‘ona tuman jamiyatlari mas’ullari ham hududlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlarida bo‘lib, mazkur tashkilotlarda mehnat foaliyati olib borayotgan xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib bormoqdalar.

Toshloq tumani

Hududdagi 1-son texnikumi pedagog va texnik xodimlari ishtirokida «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning iste’molchilarning huquqlarini ifodalovchi normalari, ularni hayotga keng tatbiq etish, bu borada iste’molchilar jamoat birlashmalarining tutgan o‘rni va roli, qonun ijrosini ta’minlash va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borishda davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik aloqalarining ahamiyati kabi masalalarda so‘z bordi.

Farg‘ona tumani

Tumandagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida ham iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tomonidan qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ular bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Post Comment