Aholining iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
Federatsiyaning viloyatdagi tizim tashkilotlari tomonidan o‘z hududlaridagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda amaldagi qonunchilik targ‘ibotini ko‘zda tutuvchi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Uchko‘prik tumani
Tuman hududidagi 58-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan davra suhbati shaklidagi tadbir «Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida» deb nomlanib, unda ishtirokchilarga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, muammoli vaziyatlarga duch kelganda qonun normalaridan foydalangan holda o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirish, bu borada iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatuvchi davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar hamda bu borada Federatsiya hamda uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilishi barobarida, ularning sohaga oid fikr-mulohaza hamda takliflari ham tinglandi.
Beshariq tumani
Tumandagi Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashgan tuman jamiyati mutaxassislari Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan joriy yilning ikki oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qisqacha axborotlar berib, mahalla faollarini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida ishtirok etishga chaqirdilar. Shuningdek, uchrashuv doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi idorasida tashkil qilingan axborot burchaklarida, shuningdek iste’molchilar tanishishi uchun qulay joylarda mahalla aholisi tomonidan iste’mol sohasiga muammolarga duch kelinganda Federatsiya tizim tashkilotlariga yozma, og‘zaki va elektron shakllarda murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida aks ettirgan ma’lumotlarni joylashtirish va ularni aholi e’tibori uchun doimiy tarzda yetkazilgan holatda bo‘lishini nazoratini olib borish masalalari ham muhokama qilindi.



Post Comment