«Yoshlar kuni» doirasida oliygohning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashildi

«Yoshlar kuni» doirasida oliygohning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari tomonidan haftaning har payshanba kunlari “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashilib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid turli masalalarda suhbatlar o‘tkazib borilmoqda.

Bu galgi uchrashuv Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakul’teti talabalari bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Undagi asosiy mavzu «Axborot asrida yosh iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish» masalasiga bag‘ishlanib, internet keng rivojlangan bugungi kunda yoshlarda moliyaviy hamda media savodxonlik, internetdagi turli firibgarliklardan ogoh bo‘lish, bu borada muammolarga duch kelinganda amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar hamda vakolatli idoralarga murojaat qilish tartiblari yuzasidan tushuncha va malakalarini oshirish kabi mavzularni qamrab oldi.

Suhbat davomida internet vositasida onlayn savdoni amalga oshirish, moliyaviy firibgarliklar, savdoni moliyaviy piramidalar va tarmoqli marketing tarzida amalga oshirilishi yo‘nalishlarida aholi (iste’molchilar) duch kelayotgan muammolar aniq misollar tarzida ochib berilib, kiberxavsizlik, spam, fishinglardan ehtiyot bo‘lish, doirasida yoshlarni bu boradagi fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar qaytarildi.

Post Comment