Iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida
Farg‘ona viloyatida Federatsiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, korxona, tashkilot, idora va muassasalarda qonunchilik targ‘ibotini olib borish, iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirish, bu bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlanishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borilshishi ishiga aholining keng qatlamlarini jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Toshloq tumani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2025 yil 8 sentyabrdagi PQ-277-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 10.12.2025 yildagi 776-sonli qarori bilan «Kelajak» markazlari tashkil etilgan edi. Respublikamiz tuman va shaharlarida ushbu markazlar ilgari faoliyat olib borgan «Barkamol avlod» bolalar maktablari negizida tashkillangan. Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari mazkur markaz xodimlari bilan uchrashib, bu yerda markaz tashkil qilingunga qadar faoliyat olib borgan sobiq maktabda tashkillangan Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini qaytadan jonlantirish masalasini muhokama qilindi. Muhokama yakunlariga ko‘ra, markazda Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Bag‘dod tuman
Federatsiyaning Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassislari hududlaridagi 9, 24 va 56-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari bilan uchrashib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotini olib bordilar. Tadbirlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakati hamda uning ta’lim muassasalari xodimlari uchun ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish yo‘nalishlaridagi faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Rishton tumani
Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi «Mevazor» hamda «Uchariq» mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan uchrashib, mahalla idoralarida tashkil qilingan axborot burchaklarida, shuningdek iste’molchilar tanishishi uchun qulay joylarda iste’mol sohasiga muammolarga duch kelinganda Federatsiya tizim tashkilotlariga yozma, og‘zaki va elektron shakllarda murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida aks ettirgan ma’lumotlarni joylashtirish va ularni aholi e’tibori uchun doimiy tarzda yetkazilgan holatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Mazkur axborotlarning bo‘lishi va aholining bu boradagi xabardorligi ta’minlanishi esa, o‘z navbatida, iste’mol sohasiga oid muammolarga duch kelinganda joyidan turib Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilish imkoniyati yaratilishini hamda aholi vakillarining ortiqcha vaqt yo‘qotishlarini oldini olishni ko‘zda tutadi.



Post Comment