Sifatsiz bajarilgan ish muammo kelib chiqishiga sabab bo‘ldi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar ijrochi buyurtma talablarini buzgan yoki ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, iste’molchi xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini talab qilishga haqli. Buni iste’molchi O.P.dan Yozyovon tuman jamiyatiga kelib tushgan murojaat misolida ko‘rib chiqaylik.
Iste’molchi xonadonida foydalanish uchun usta R.A. ga metall materialdan so‘ri buyurtma qilgan va 2 150 000 so‘m to‘lovni ham amalga oshirgan. Buyurtma tayyor bo‘lgach xonadonga keltirilib foydalanilishi jarayonida bir hafta o‘tmasdan uning bo‘yoqlari ko‘chib sifatsiz holga kelishni boshlaydi. Ustaga bu haqda o‘z e’tirozini bildirganida, kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun yana to‘lov qilinishi bo‘yicha javob oladi. Bundan taajjublangan iste’molchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida ustaga yuzaga kelgan holatda qonunchilik talablari va ularni bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar tushuntirildi. Tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan usta buyurtmani takroran bepul bajarib berib, iste’molchi muammosini hal qilishni o‘z zimmasiga oldi.
Shavkatjon Saidov,
jamiyat muuxassisi.



Post Comment