Birinchi chorak faoliyat yakunlari muhokama qilindi
Hududiy birlashmaning 2026 yil birinchi chorak faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan Federatsiya Kengashining joriy yil 24 apreldagi Majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, tizim tashkilotlari tashkilotlari tomonidan joriy yil birinchi choragida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning sohaga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, qonunchilik ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari hamda hududiy birlashma faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar o‘rin oldi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, ularni qonunchilikda belgilangan muddat va tartiblarda ko‘rib chiqish, o‘rganish yo‘li bilan to‘liq yechim topmagan murojaatlar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritish borasidagi ishlarni tubdan yaxshilash, murojaatlarni o‘rganish natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish, monitoring tadbirlarini son va sifat jihatidan yaxshilash, kadrlar malakasini oshirish boarsidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish doirasida Federatsiya faoliyatida aholi (iste’molchilar)ning Federatsiya tizimi faoliyatiga ishonchini oshirish hamda fuqarolarni Federatsiya a’zoligiga jalb qilishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun Federatsiya Kengashi qarori bilan nomlari e’tirof etilgan xodimlar, shuningdek Federatsiya yagona ta’sischiligidagi hududlarda aholining iste’mol madaniyatini oshirish borasida «Iste’mol madaniyati» tahririyati gazetasi orqali targ‘ibot ishlarini tashkil etishdagi faolligi uchun taqdirlashga tavsiya etilgan xodimlar alohida e’tirof etib o‘tilib, ularga Federatsiya nomidan minnatdorchilik izxor qilindi hamda qimmatli sovg‘alar topshirildi.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalarni atroflicha muhokama qilib, istiqboldagi vazifalarni belgiladi hamda ularni amlaga oshirish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilib o‘z ishini yakunladi.



Post Comment