Iste’molchi e’tirofi: Marg‘ilonda huquqlar himoyasi amalda
Toshloq tumanilik Xabibullo Xomidov o‘z murojaatini O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilishi natijalaridan minnatdor.
Iste’molchilarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash — Federatsiya tizimidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining muhim vazifalaridan biri.
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur hollarda esa iste’molchilar manfaatlarini sud orqali himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
E’tiborlisi, iste’molchi huquqining amalda tiklanishi — qonunchilikning ishlayotgani va jamoat tashkilotining inson manfaatlarini himoya qilishdagi amaliy natijasidir.
Videomaterialda Marg‘ilon shahrida iste’molchi huquqlarining himoya qilinishi va bu boradagi amaliy ishlar haqida so‘z yuritiladi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!



Post Comment