«Chimyon» sanatoriysida iste’molchilar huquqlari targ‘ib qilindi
Farg‘ona tumanida joylashgan «Chimyon» sanatoriysi xodimlari o‘rtasida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari, sanatoriy ma’muriyati hamda ishchi-xizmatchilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari, sohadagi so‘nggi yangiliklar va ularning amaliyotdagi ahamiyati xususida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida axborot berildi.
Muloqot jarayonida aholining, xususan, xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda ularni qonuniy tartibda himoya qilishi muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilik talablarining amalda bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aniqlangan muammolarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Zero, iste’molchi o‘z huquqini qancha yaxshi bilsa, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyati ham shuncha yuqori bo‘ladi.



Post Comment