Xodimlarning malakasi oshirildi

Xodimlarning malakasi oshirildi

Hududiy birlashma tashabbusi bilan tuman va shahar jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan monitoring mutaxassislari ishtirokida o`quv seminar tashkillandi. Аsosiy maqsadi o`tgan yil natijalarini sarhisob qilish, xodimlarga sohaga oid yangiliklarni yetkazish, shuningdek ularning bilim va malakalarini oshirishni ko`zda tutgan mazkur tadbirga viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasining Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boshqarmasi masʼul xodimlari ham taklif qilindi.
Tadbir erkin va ochiq muloqot tarzida o`tkazilib, uning ishtirokchilari tomonidan hududda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning isteʼmolchilik huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini yanada oshirish borasida bir qator takliflar ham bildirildi.

Hududiy birlashma Matbuot xizmati

Post Comment