Xodimlar o`quvi tadbiri o`tkazildi
Hududiy birlashmada tashkillangan navbatdagi o`quv seminarida tuman va shahar jamiyatlarida huquqiy himoya yo`nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida o`tgan 2019 yilda olib borilgan ishlar sarhisob qilindi. Ta`kidlandiki, 2019 yil mobaynida tizim tashkilotlariga isteʼmolchilardan 762 ta murojaatlar qabul qilib olingan bo`lsa, shularning 485 tasi yozma, 208 tasi og`zaki va 10 tasi elektron shaklda kelib tushdi. Yuqoridagilardan 98 ta murojaat Federatsiyaning 1091 yagona qisqa raqamli ishonch telefoni, 7 tasi Bosh prokuratura, 6 tasi Xalq qabulxonasi, 43 tasi Prezident ishonch telefoni, 9 tasi Prezident veb-sayti, 1 tasi Prezident pochtasi orqali qabul qilib olingan murojaatlardir. Murojaatlarni o`rganib chiqilishi natijalariga ko`ra isteʼmolchilar foydasiga 673 mln 580 ming 474 so`m mablag` hal etib berildi. 21 ta murojaat nazorat qiluvchi organlar yordamida, 15 ta murojaat esa sudga murojaat qilish orqali hal etildi. Natijada 39 mln 176 ming 620 so`m nazorat qiluvchi idoralar, 15 mln 452 ming 563 so`m mablag` sud idoralari yordami bilan isteʼmolchilar foydasiga hal etib berildi.
Tadbir davomida seminar ishtirokchilariga sohaga oid yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari, amaldagi qonun va qonunosti hujjatlariga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berib o`tildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan olib borilayotgan ishlarni son va sifat ko`rsatkichlarini yanada yaxshilash borasida bir qator takliflar ham o`rtaga tashlandi.
Hududiy birlashma Matbuot xizmati
Post Comment